Yangiliklar

.

ORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: YO‘L XARITASI IJROSI O‘RGANILDI

13-oktabr 2026-yil
image

Bugun Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonuniylikka rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ta’lim tizimida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb