Yangiliklar
BOŞQARMA BOŞLIĞI “KELAJAK SOATI” DARSLARINI NOAN’ANAVIY TARZDA O‘TKAZDI
26-oktabr 2026-yil
Bugun Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Şerzod Dolimov Farğona şahridagi 28-sonli umumiy örta ta’lim maktabining 11-sinf öquvçilari bilan “Kelajak kasblari — ongli ravişda kasb tanlaş!” mavzusida “Kelajak soati” darsini noan’anaviy tarzda taşkil etdi.
Oçiq muloqot va fikrlar almaşinuvi
Savol-javob şaklida ötgan dars davomida öquvçilar faol iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Suhbat jarayonida yoşlarning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlaşda e’tibor qaratiş lozim bölgan jihatlar hamda zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va mutaxassisliklar haqida fikr almaşildi.
Ayniqsa, xorijiy tillarni örganishning ahamiyati, raqamli texnologiyalar rivoji, sun’iy intellektning turli kasb va sohalarga ta’siri atroflicha muhokama qilindi.
Sun’iy intellekt taqdim etayotgan yangi imkoniyatlar, uning afzalliklari va yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan bildirilgan fikrlar o‘quvçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Muloqot davomida kasb tanlaşda faqat bugungi imkoniyatlarni emas, balki kelajakdagi ehtiyoj va o‘zgarişlarni ham hisobga oliş zarurligi ta’kidlandi.
Şuningdek, zamonaviy bilimlarni egallaş, mustaqil fikrlaş, izlaniş, çet tillarini örganiş hamda raqamli savodxonlikni rivojlantiriş har bir yoşning kelajakdagi muvaffaqiyatida muhim örin tutişi qayd etildi.
Darsning noan’anaviy şaklda taşkil etilgani öquvçilarning erkin fikr bildirişiga, öz qaraşlarini asoslaşiga va kelajak rejalari haqida jiddiy muşohada yuritişiga imkon berdi.
Zero, töğri kasb tanlaş — kelajak sari taşlangan muhim qadam. Bugungi yoşlarning qiziqişi, salohiyati va intilişlarini qöllab-quvvatlaş, ularni ongli ravişda kasb tanlaşga yönaltiriş sifatli ta’lim-tarbiyaning muhim vazifalaridan biridir.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.