Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
26-oktabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Mazkur xabarda Farg‘ona shahridagi 2-, 7- va 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida kasallanish holatlari kuzatilgani, bolalarda tana haroratining ko‘tarilishi va ich ketishi kabi alomatlar namoyon bo‘lgani haqida so‘z yuritilgan.
Ushbu holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
Ayni paytda holat tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.