Yangiliklar

.

SMART-ED: TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OŞIRISH YÖLIDA MUHIM QADAM

4-noyabr 2026-yil
image

Bugun Farğona şahridagi «Aziya» mehmonxonasining faollar zalida Özbekistonda ta’lim sifati va samaradorligini oşirishga qaratilgan SMART-ED loyihasi doirasida hududiy mentorlar uçun trening taşkil etildi.

Treningning asosiy maqsadi — hududiy mentorlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş hamda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Maşğulotlar davomida ta’lim sifatini oşiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, mentorlik faoliyatini samarali taşkil etish va pedagoglarga metodik kömak berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

SMART-ED loyihasi doirasidagi bunday treninglar ta’lim tizimida zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltiriş hamda öquvçilarga körsatilayotgan ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.

Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb