Yangiliklar
LIY TA’LIM VA MAKTAB TA’LIMI HAMKORLIGI: “KELAJAKKA QADAM”
3-noyabr 2026-yil
Farğona davlat universitetida viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi hamda oliy ta’lim muassasasi hamkorligida talaba-yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni kasbiy faoliyatga yönaltiriş va işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan “Kelajakka qadam” tadbiri taşkil etildi.
Uçraşuvda Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Şerzod Dolimov, viloyat Sport boşqarmasi, Içki işlar boşqarmasi, Milliy bank hamda universitetning mas’ul vakillari iştirok etdilar.
Muloqot davomida talabalarga ta’lim tizimidagi mavjud iş örinlari, mutaxassislik böyiça bandlik imkoniyatlari, işga joylaşiş tartibi hamda kasbiy rivojlaniş istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Oliy ta’lim muassasasi va viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi örtasidagi bunday hamkorlik bitiruvçilarni mehnat bozoriga tayyorlaş, ularning mutaxassisligi böyiça bandligini ta’minlaş hamda ta’lim tizimini malakali kadrlar bilan töldirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.