Yangiliklar
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasida Koreya Respublikasining «Romazing» kompaniyasi delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazildi.
2-noyabr 2026-yil
Delegatsiya tarkibida kompaniya asosçisi va boş direktori Jina Lyu xonim hamda vitse-prezident, hammuassis Sihu Ahn janoblari iştirok etdilar.
Uçraşuvni boşqarma boşliği Şerzod Dolimov oçib berib, dastlab viloyatdagi maktabgaça va maktab ta’limi tizimining faoliyati, amalga oşirilayotgan islohotlar hamda ta’lim sifatini oşiriş borasidagi işlar haqida ma’lumot berdi.
Muloqot davomida Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, maktabgaça ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş hamda bolalarga xorijiy tillarni erta yoşdan örgatiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Öz navbatida, «Romazing» kompaniyasi vakillari tashkilot faoliyati, asosiy maqsadlari va ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari bilan tanıştirdilar.
Şuningdek, ingliz tilini noldan örgatişga möljallangan platforma taqdim etilib, uning imkoniyatlari namoyiş qilindi.
Tomonlar maktabgaça ta’lim tizimiga xalqaro tajribani joriy etiş, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşdilar.
Uçraşuvda boşqarma rahbariyati, mas’ul şöba boşliqlari hamda Koreya tajribasi asosida faoliyat yuritayotgan viloyatdagi maktabgaça ta’lim taskilotlari rahbarlari iştirok etdilar.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.