Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

6-noyabr 2026-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekiston tumanida maktab direktorlari yoşlarni iş bilan ta’minlaş maqsadida 20 soatdan ortiq dars yuklamasiga ega öqituvçilarning soatlarini majburan vakantga qöymoqda» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur murojaat Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan tegishli tartibda örganildi.

Örganiş davomida aniqlanişiça, tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabulida iş sörab murojaat qilgan ayrim yoşlarni bandligini ta’minlaş masalasi kötarilgan.

Şu munosabat bilan ta’lim muassasalarida belgilangan me’yordan ortiq dars yuklamasi bilan faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan özaro muloqot olib boriş, ularning roziligi asosida ayrim dars soatlarini vakantga çiqariş orqali yoş mutaxassislarni iş bilan ta’minlaş yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Ta’kidlash joizki, pedagoglarning dars soatlarini taqsimlaş, vakant soatlarni şakllantiriş hamda tarifikatsiya röyxatlarini rasmiylaştiriş jarayonlari harakatdagi qonunçilik talablari asosida amalga oşirilişi lozim.

Bunda öqituvçilarning roziligi, belgilangan tartib va me’yorlarga qat’iy rioya etilişi muhim ahamiyatga ega.

Heç bir pedagogning dars soatlarini qonuniy asoslarsiz yoki majburiy ravişda kamaytirişga yöl qöyilmaydi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mas’ullariga ta’lim muassasalari rahbarlari bilan tuşuntiriş işlarini olib boriş, dars yuklamalarini taqsimlaşda qonunçilik talablariga amal qilinişini ta’minlaş topşirildi.

Jumladan, Adliya vazirligida 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlaş hamda tarifikatsiya röyxatlarini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qöşma qarorga 2025-yil 28-oktabrda 3271-1-son bilan röyxatdan ötkazilgan özgartiriş va qöşimçalar talablariga tög‘ri amal qiliş zarurligi alohida uqtirildi.

Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ta’lim muassasalarida mehnat qonunchiligi va belgilangan tartib-taomillarga rioya etilişi ustidan nazoratni davom ettiradi.

Yoş mutaxassislarni iş bilan ta’minlaş ezgu maqsad bölsa-da, bu jarayon tajribali pedagoglarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazmagan holda, amaldagi tartiblar asosida amalga oşirilisi lozimligini bildiradi.

Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb