Yangiliklar
FARĞONADA FOUNDATION: XORIJIY OLIYGOHLARGA TAYYORLOV LOYIHASI AMALIYOTGA TATBIQ ETILMOQDA
14-noyabr 2026-yil
Bugun Farğona şaharidagi 5-umumiy örta ta’lim maktabida öquvçilarni yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda Özbekistondagi xalqaro ta’lim dasturlari asosida faoliyat yurituvçi oliygohlarga tayyorlaşga qaratilgan FOUNDATION loyihasi amalga oşirilmoqda.
Mazkur loyiha Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Xalqaro malakalar va baholaş markazi hamkorligida tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qöyilgan.
Ayni paytda loyiha doirasida axborot texnologiyalari (IT) yönalişida ta’lim oli istagidagi öquvçilar saralaş bosqiçidan ötkazilmoqda.
Ta’kidlaş joizki, mazkur dasturga jami 105 nafar öquvçi röyxatdan ötkazilgan bölib, ular bilim va salohiyatini namoyon etiş uçun test sinovlarida iştirok etmoqda.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi başqarmasi Axborot xizmati.