Yangiliklar
Vatan bayrog‘i – g‘urur, umid va ishonch timsoli
18-noyabr 2026-yil
Bugun, 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. 1991-yilning aynan shu sanasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, mustaqil davlatimizning muhim ramzlaridan biri rasman tasdiqlangan.
Bayrog‘imiz to‘q moviy, oq va to‘q yashil rangli uchta teng gorizontal en, ularni ajratib turuvchi qizil chiziqlar, oq yarim oy va 12 ta yulduzdan iborat. Uning har bir elementi milliy o‘zligimiz va davlatchilik an’analarimizning o‘ziga xos ifodasidir.
Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda O‘zbekistonning timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Rasmiy uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar va sport musobaqalarida uning baland ko‘tarilishi yurtdoshlarimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.