Yangiliklar

.

FARĞONADA MAKTABGAÇA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA BÖYIÇA AMALIY SEMINAR

18-noyabr 2026-yil
image

Bugun Farğona şahridagi 43-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida «Maktabgaça ta’lim tizimida raqamli transformatsiya: boşqaruv samaradorligi, ta’lim sifati va şaffoflikni ta’minlaşning zamonaviy mexanizmlari» mavzusida amaliy-körgazmali seminar taşkil etildi.
Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşlig‘i taşabbusi bilan ötkazilayotgan namunaviy seminarda Farğona shahridagi barça davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbarlari iştirok etmoqda.
Seminar davomida iştirokçilar 43-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida raqamli transformatsiya yöna­lişida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar.
Xususan, yangi davlat talablari asosida raqamli boşqaruvni yö lga qöyiş va rahbar mas’uliyati, tarbiyalanuvçilar salomatligini muhofaza qiliş, xavfsiz muhitni ta’minlaşda videokuzatuv kameralaridan samarali foydalaniş masalalari amaliy misollar asosida namoyiş etildi.
Şuningdek, mazkur yöna­lişlarda eri­şilgan natijalar, mavjud imkoniyatlar va ilğor tajribalarni ommalaştiriş yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarning asosiy maqsadi — maktabgaça ta’lim tizimida raqamli boşqaruvni rivojlantiriş, rahbarlarning zamonaviy boşqaruv könikmalarini mustahkamlaş hamda ta’lim sifati va şaffoflikni ta’minlaşga qaratilgan ilğor tajribalarni keng yoyişdan iborat.
Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb